Joriy yilda qiymati 338,3 mln dollarllik 12 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan

News image

Mamlakatimizda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida sifatli, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda, shu bilan birga sanoat korxonalar ko‘lami yanada kengaymoqda.

Ma’lumki, 2022 yil Investitsiya dasturi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida umumiy qiymati 495,7 mln dollar bo‘lgan 21 ta loyihalarga 172,7 mln dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 80,6 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 5,0 mln dollar bank kreditlari va 87,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

photo_2021-11-08_07-46-54 (3).jpg

Xususan, joriy yil yakuni bilan qiymati 338,3 mln dollarllik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1002 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Xususan:

Umumiy qiymati 126 mln dollar evaziga “Qizilqumsement” AJda klinker (4-liniya) ishlab chiqarishni kengaytiriladi. “Oriyent Keramik” MCHJda esa qiymati 42 mln dollar bo‘lgan yirik loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 9 mln kv.metr keramik plitkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, “Akfa Building Materials” MCHJ XKda gazobeton bloklari, “Petrawool” MCHJ QKda bazaltdan mineral plitalar ishlab chiqarishni tashkil etiladi.

photo_2021-11-08_07-46-54 (4).jpg

Joriy yilning 9-oyligida 25 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 137,9 mln dollar (rejaga nisbatan 133,9%), shundan 59,0 mln dollar (118,4%) miqdorida tashabbuskorlar mablag‘lari va 78,9 mln dollar (186,9%) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida dastlabki ro‘yxatga asosan 2022 yilda qurilish materiallari sohasida jami 850 ta loyiha bo‘yicha 15 trln 260 mlrd so‘m, jumladan 9-oylikda 11 trln 434 mlrd so‘m o‘zlashtirish belgilangan.

photo_2022-09-21_16-55-13.jpg

Haqiqatda 2022 yilning 9-oyida 850 ta loyiha bo‘yicha 12 trln 480 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 109,2 foiz o‘zlashtirilgan, shundan qiymati 6,4 trln so‘m bo‘lgan 284 ta loyihalar ishga tushirilgan va natijada 5,9 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech