Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Nov 2020

Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati rivojlandi. Sohaga xorijiy investorlar jalb etildi, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratildi, mavjud quvvatlar modernizatsiya qilindi. Natijada nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida “O‘zbekiston ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortdi.

1 Keramik plitka

Hozirgi kunda O‘zbekiston mahalliy keramik plitkalar bilan dunyoda o‘z o‘rniga ega. Boisi, ushbu mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida talab o‘sib bormoqda. Shu bois korxonalar tomonidan yangi texnologiyalar o‘rnatilib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirilyapti.

Tahlillarga ko‘ra, yanvar-oktyabr oylarida respublikada mavjud sanoat korxonalarida jami 12 mln 151 ming metr kvadrat keramik plitkalar ishlab chiqarilgan. Eng ko‘p mahsulot Farg‘ona viloyatida joylashgan yillik quvvati 4,3 mln metr kvadrat bo‘lgan “MODERNA CERAMIC INDUSTRIES FERGHANA” MChJ HK tomonidan tayyorlangan. O‘tgan davra mobaynida korxonada 3,164 mln metr kvadrat mahsulot ishlab chiqarilgan. Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalardan biri “Prime ceramics” MChJda shu kungchacha 1,929 mln metr kvadrat keramik plitkalar tayyorlangan. Shuningdek, "NATIONAL CERAMICS" MChJ QK (2,358 mln metr kvadrat), “Great wall ceramic industries” MChJ (1,349 mln metr kvadrat), “Orient-ceramic” MChJ (859 ming metr kvadrat), “Premium elegant ceramics” MChJ (649 ming metr kvadrat), “Lyux Granit” MChJ (875 ming metr kvadrat) kabi korxonalar tomonidan mahalliy keramik plitkalar xaridorlarga yetkazilgan.

3 Keramik plitka

E’tiborlisi, o‘tgan davrda korxonalar tomonidan 12,036 mln dollarlik keramik plitkalar eksport qilingan. Bu borada “Prime ceramics” MChJ, “Orient-ceramic” MChJ va “Moderna ceramic industries Fergana” MChJ larida ko‘rsatkichlar yuqori hisoblanadi. Milliy mahsulotlarimizni eksport qilishda Qozog‘iston Respublikasi peshqadam hisoblanadi. Qo‘shni davlatga 1 mln 464 ming metr kvadrat keramik plitkalar yetkazib berilgan. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi 4,169 mln dollarlik, Qirg‘iziston esa 2,338 mln dollarlik mahsulot xarid qilgan. E’tiborlisi, yurtimizda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar Yevropa davlatlari Rossiya Federatsiyasi (254,6 ming metr kvadrat) va Ozarbayjon (42,255 metr kvadrat)ga ham eksport qilingan.

2 Keramik plitka

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 42
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech