Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 1 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi

News image

Qurilish materiallari sohasi bo‘yicha joriy yilda 1 trln so‘mdan ortiq mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi va bu ko‘rsatkich 2026 yilga borib 3,7 trln so‘mga yoki 4 barobarga yetkaziladi. Ushbu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 37 barobarga oshadi.

Ma’lumot uchun: 2022 yil yanvar-iyul oylarida 646,8 mlrd so‘mlik 13 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi (rejaga nisbatan 120%). Joriy yil yakunida 1160,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

photo_2022-09-19_18-07-03.jpg

Shuningdek, 2022 yil davomida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi dasturi doirasida 18 turdagi mahsulotlar bo‘yicha 450 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yil yanvar-iyul oylari davomida 278,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilindi. Shundan 102,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar kooperatsion portal orqali tuzilgan 1097 ta shartnomalarga asosan xarid qilindi. Joriy yil yakuniga qadar kooperatsion portal orqali qo‘shimcha 160 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilinishi kutilmoqda.

Investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 1,8 mlrd dollarlik 420 ta loyiha ishga tushiriladi va 22 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech