Mamlakatimiz tabiiy pardozbop toshlariga Yevropa bozorlarida ham qiziqish oshmoqda

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Rossiya Federatsiyasisining “Lenmontajstroy” investitsiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Aleksandr Kleshev va “Kareliya granit” kompaniyasi bosh direktori Denis Malyutin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha so‘z yuritildi.

1.jpg

Dastlab yig‘ilganlarga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahtiyor Boboqulov mamlakatimizdagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport ko‘lami, tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlar hususida ta’kidlandi.

2.jpg

Rossiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatiga yuksak baho berarkan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy pardozbop toshlarni eksport qilish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borish taklifini bildirishdi.

Tashrif davomida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Kareliya Respublikasining “Kareliya granit” kompaniyasi o‘rtasida kooperatsion aloqalari yanada rivojlantirish, hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, birgalikda ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

3.jpg

Mexmonlar shuningdek, Toshkent viloyatidagi noruda konlari, tabiiy pardozbop toshlar namunalari bilan yaqindan tanishishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech