Mamlakatimizda eng talabi yuqori avtoklav gazobeton brendlari aniqlandi

News image

Mamlakatimizda yildan-yilgan qurilish materiallari sohasi taraqqiy etib bormoqda. Ishlab chiqarish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport va mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘sib bormoqda. Hozirda nafaqat mahalliy balki jahon bozorida ham mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortmoqda. Shu bilan birga yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish ham o‘zlashtirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda bugungi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati iqtisodiyotimizning asosiy drayverlaridan biri.

Yildan-yilga mamlakatimiz qurilish industriyasida energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish, jahon andozalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Xususan, bino va inshootlarni barpo etishda g‘isht o‘rniga gazobeton bloklaridan foydalanish, shuningdek, imoratlarni issiqlik saqlovchi materiallari bilan qoplash shaharsozlik normalariga kiritilmoqda.

photo_2022-09-23_14-58-56.jpg

Mamlakatimizda energiya tejamkor qurilish materiali hisoblanmish gazobeton bloklarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ushbu yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi sanoat korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Respublikamizdagi deyarli barcha bino va inshootlar gazobeton bloklaridan barpo etilmoqda.

Albatta bunday yuqori ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda sanoat korxonalarining o‘rni beqiyos. Shu bois “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan bozor talab va taklifini o‘rganish, qurilish pudrat tashkilotlari va axolimiz ko‘proq qaysi korxona mahsulotidan foydalanishayotganini bilish maqsadida “Mamlakatimizdagi qurilish poligonlarida ko‘proq qaysi korxonada ishlab chiqarilgan (brend) avtoklav gazobeton bloklaridan foydalanilmoqda?” ijtimoiy so‘rovnomasi o‘tkazildi. Unda Respublikamizda avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi 5 ta eng yirik korxona brendlari ishtirok etishdi.

photo_2022-09-23_14-59-13.jpg

1 kun davom etgan so‘rovnomada jami 46,1 ming ishtirokchi qayd etildi. Natijalarga ko‘ra, 46 foiz ya’ni umumiy hisobda 16 461 ta ovoz to‘plagan “ARTON” brendi tanlov g‘olibi deb topildi.

Shuningdek, 13 765 ovoz to‘plagan “BS GAZOBETON” ikkinchi, 4 449 ta ovozga ega “ECOTONE” brendi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “ARTON” o‘tgan yili “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “2022 yilning eng yaxshi qurilish materiali brendlaridan biri” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, “ARTON” brendi ostida avtoklav gazobeton bloklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «EAST MINING INVEST» MCHJ QK Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan. Bu yerda yiliga 500 ming metr kub gazobeton ishlab chiqariladi. Korxonada Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasining so‘nggi rusumdagi, energiya tejamkor uskunalari o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan."East Manning Invest" MCHJ QK 2021 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati 22 mln dollar bo‘lib, bu yerda 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. E’tiborlisi, Respublikada avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona ikkinchi bosqichda faoliyatini boshlash arafasida. Korxona ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish maqsadida Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasidan so‘nggi rusumdagi, energiya tejamkor avtoklav pechlarini olib keldi. Hozirda uskunalarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida kunlik ishlab chiqarish hajmi 1,5 ming metr kubga yetkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, axolini gazobetonga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida “ARTON” kompaniyasi tomonidan Andijon, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ham innovatsion korxona barpo etish rejalashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech