Matbuot kotiblari uchun konferensiya tashkil etildi

News image

Bugun poytaxtimizdagi «City Palace Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon» mavzusidagi II milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotibi Sherzod Asadov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Nozima Davletova va boshqalar qatnashdi.

Anjumanda, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov, Senat qo‘mita raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov so‘zga chiqib, axborot xizmatlari faoliyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Konferenfiyaga 180 ga yaqin vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari hamda hokimliklar axborot xizmatlari taklif etilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech