Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda

News image

Joriy yil 1 yarim yillikda qadar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 49 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 16 ta hamda bevosita uyushmaga 33 ta, shundan 6 ta yozma, 27 ta elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 8 ta qanoatlantirilgan, 4 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 21 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 11 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech