O‘tgan 9 oyda 10,6 mln tonna sement ishlab chiqarildi

News image

Vazirlar Mahkamasining 14.03.2021 yildagi 109-F-sonli farmoyishi bilan 2021 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqarish (o‘tgan yilga nisbatan 131 %) va shundan 9,5 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan 9-oyida jami 10,66 mln tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 115 foizni tashkil etgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 7,3 mln tonna sement (109,3 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 509,1 ming so‘mni tashkil etib, joriy yil boshidagidan (649,7 ming so‘m) 22 foizga pasaygan, 1 kv metr qurilish oynasining narxi 39,3 ming so‘mni tashkil etib (26,4 ming so‘m) 49 foizga oshgan va 1 dona shiferning narxi esa 35,2 ming so‘mni tashkil etib (38,5 ming so‘m) 9 foizga pasaygan.

Joriy yil yakuni bilan yiliga 7,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami sement ishlab chiqarish quvvatlari 24 mln tonnaga yetkaziladi. Shuningdek, joriy yil may oyida “Kvars” AJda yiliga 22,2 mln kv metr qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvat ishga tushirilib, jami quvvatlar 42 mln kv metrga yetkazildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech