O‘tgan 9 oyda 10,66 mln tonna sement ishlab chiqarildi

News image

Vazirlar Mahkamasining 14.03.2021 yildagi 109-F-sonli farmoyishi bilan 2021 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqarish (o‘tgan yilga nisbatan 131 %) va shundan 9,5 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

Joriy yilning o‘tgan 9-oyida jami sanoat korxonalari tomonidan 10,66 mln tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 115 foizni tashkil etgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 7,3 mln tonna sement (109,3 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.

1.jpg

Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 509,1 ming so‘mni tashkil etib, joriy yil boshidagidan (649,7 ming so‘m) 22 foizga pasaygan, 1 kv metr qurilish oynasining narxi 39,3 ming so‘mni tashkil etib (26,4 ming so‘m) 49 foizga oshgan va 1 dona shiferning narxi esa 35,2 ming so‘mni tashkil etib (38,5 ming so‘m) 9 foizga pasaygan.

2.jpg

Joriy yil yakuni bilan yiliga 7,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami sement ishlab chiqarish quvvatlari 24 mln tonnaga yetkaziladi.

Ma’lumot uchun, ichki bozorda sement narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyuldagi 450-sonli qarori qabul qilinib, importdan sement olib kirish tartibi soddalashtirildi. Joriy yilning 9 oyligida 2,1 mln tonna sement import qilingan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech