O‘tgan 9 oyda 18,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

News image

2021 yilning 9-oyida tezkor ma’lumotlarga ko‘ra qurilish materiallari sohasida jami 18,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 112 foizni tashkil etgan. Jumladan, ushbu davrda 10,7 mln tonna sement (2020 yilga nisbatan 115 %), 19,5 mln kv.m qurilish oynasi (123,4 %), 29,4 mln kv m gipsokarton (103,3 %), 11,0 mln kv m keramik plitka (1,5 baravar), 1,6 mln o‘ram oboy (128,2 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

0.jpg

Shuningdek, hisobot davrida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 7 155,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 136,2 foizga yetkazildi. Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 4 906 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 141,8 foizni hamda uyushma tarkibidagi kichik biznes korxonalari tomonidan 2 248,7 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 124,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda 196,2 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarildi (o‘sish 100,1 %).

1.jpg

Jumladan, 7,7 mln tonna sement (o‘tgan yilga nisbatan 111,9 %), qurilish oynasi – 19,1 mln kv.m 2-mm o‘lchamda (120,3 %), keramik plitka – 12,4 mln kv.m (153,6 %), gipsokarton – 29,4 mln kv.m (106,3 %), quruq qurilish aralashmalari – 115 ming tonna (121,4 %), oboy – 1,7 mln o‘ram (139,4 %), ohak – 97,5 ming tonna (195,2 %), gips – 130,3 ming tonna (106,5 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, oboy (gulqog‘oz) o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech