O‘tgan 9 oyda 22,6 mln kv.m qurilish oynasi ishlab chiqarildi

News image

2022 yilning 9-oyida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 8 trln 679,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 109,3 foizni tashkil etdi. Shundan yirik sanoat korxonalari tomonidan 6 trln 033,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 121,2 foizni hamda kichik biznes korxonalari tomonidan 2 trln 646,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 119,3 foizni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda 244,6 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarildi.

IMG_3762.jpg

Jumladan, 22,6 mln kv m qurilish oynasi (o‘tgan yilga nisbatan 118,6 %), gipsokarton – 30,8 mln kv m (104,6 %), sement - 7,14 mln tonna (92,3 %), quruq qurilish aralashmalari – 116 ming tonna (100,9 %), oboy – 1,7 mln o‘ram (100,1 %), gips – 133 ming tonna (102,1 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

photo_2020-10-22_10-30-40.jpg

Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, gulqog‘oz o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

photo_2021-08-26_18-18-24 (2).jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech