O‘tgan 9 oyda 445,5 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Qurilish materiallari eksport tahlili haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2022 yilda soha korxonalariga 600 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish reja ko‘rsatkichlari. Jumladan, yanvar-sentyabr oylari uchun 396,4 mln dollar miqdorida eksport qilish rejalashtirilgan edi.

Joriy yil 9 oyligi yakuni bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 445,5 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 112,4 foizga bajarildi. Bu 2021 yil joriy davriga nisbatan 155 foizga yoki 160 mln dollarga ko‘p demakdir.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlar 67 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 30,5 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 61,2 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 7,5 mln dollarlik sement, 33,7 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 27,1 mln dollarlik gulqog‘oz, 12,6 mln dollarlik tabbiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

E’tiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021 yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Misol uchun, 2021 yilga nisbatan keramik plitkalar 1,4 barobarga, gulqog‘oz 2,6 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,7 barobarga, oyna mahsulotlari 1,6 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Litva, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bo‘lib qo‘shni respublikalar bozorlari hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Qozog‘istonga – 138,6 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 64,2 mln dollarlik, Tojikistonga – 44,5 mln dollarlik, Turkmanistonga – 17,3 mln dollarlik, Afg‘onistonga – 1,8 mln dollarlik, Rossiyaga – 43,1 mln dollarlik, Litvaga – 14,5 mln dollarlik, Turkiyaga – 7,4 mln dollarlik, Ukrainaga – 2,5 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 6,2 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech