O‘zbek-Afg‘on biznes-forumi, ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlarga taklif etamiz

News image

Joriy yilning 15-17 iyul kunlari Toshkent shahriga Prezidentning infratuzilma va texnologiyalar bo‘yicha bosh maslahatchisi-moliya vaziri Muxammed Xumoyun Kayumi boshchiligidagi Afg‘oniston Islom Respublikasi delegasiyasi tashrif buyurishmoqda.

Tashrif davomida turli tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan, jumladan:

  • 15 iyul' kuni 9:00 dan – 13:00 gacha «International Hotel Tashkent» mehmonxonasining «Crystal Ballroom» xonasida O‘zbek-Afg‘on biznes- forumi;
  • 16 iyul' 09:30 dan – 17:00 gacha «O‘zekspomarkaz» MKK AJ ko‘rgazmalar maydonida O‘zbek-Afg‘on ko‘rgazmasi va B2B uchrashuvlar;
  • 17 iyul' 10:00 dan – 17:00 gacha «O‘zekspomarkaz» MKK AJ ko‘rgazmalar maydonida O‘zbek-Afg‘on ko‘rgazmasi va B2B uchrashuvlar.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barchangizni O‘zbek-Afg‘on biznes- forumi, ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlarga taklif etamiz, hamda ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni, afg‘on biznes doiralari bilan manfaatli kelishuvlar imzolashingizni so‘raymiz.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech