O‘zbek tili bayrami kuni munosib nishonlandi

News image

Bugun – 21 oktabr kuni erta tongdan poytaxtimiz Toshkent shahri markazidagi “Adiblar xiyoboni”da, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy va Ona tilimiz jonkuyarlari bo‘lgan fidoyi adib va shoirlar siymolari qad rostlagan maydonda “O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayrami tantanali nishonlandi.

Tadbirda taniqli tilshunos olimlar, yozuvchilar, shoirlar, siyosatchilar, davlat arboblari, xorijlik mehmonlar, vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

1.jpg

Tantanada notiqlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi, shuningdek “Davlat tili haqida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va boshqa qator hujjatlarning tarixiy ahamiyati hamda ko‘zlangan ezgu maqsadlari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ulug‘ ayyom–O‘zbek tili bayrami kuni bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi barcha qatnashchilarning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

2.jpg

3.jpg

Davlatimiz Rahbarining tabrigida ezgu ishlarning uzviy davomi sifatida yaqin kelgusida asosiy vazifasi chet ellarda o‘zbek tili, madaniyati va milliy an’analarimizni keng ommalashtirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lgan Alisher Navoiy xalqaro instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘rsatilganligi yanada quvonchli voqea bo‘ldi.

Bayram tadbirida xorijiy, shu jumladan Amerika qo‘shma shtatlari, Janubiy Koreya, Afg‘oniston kabi davlatlar talabalarining o‘zbek tilidagi nutqlari, she’rlar o‘qib, qo‘shiq kuylashlari qatnashchilarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

4.jpg

Ushbu tantanada respublikaning vazirlik, idora va tashkilotlari vakillari qatori “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatining xodimlari ham ishtirok etib, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

9.jpg

10.jpg

11.jpg

12.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech