“O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayrami davom etmoqda

News image

26 oktabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida “21 oktabr O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hamda mas’ul xodimi, shoira Farog‘at Xudoyqulova ishtirok etdi.

1 IMG_6973.jpg

Uyushma ijro etuvchi apparati hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirok etgan uchrashuv g‘oyat qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.

Tadbirda shoira Farog‘at Xudoyqulova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga joriy yil 21 oktabrda e’lon qilingan bayram tabrigi butun xalqimizning ko‘nglini tog‘dek ko‘targanligini ta’kidladi.

2 IMG_6970.jpg

Tabrikda aytilganidek, inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘’tabardir.

Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

3 IMG_6975.jpg

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda bu go‘zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.

4 IMG_6976.jpg

Hammamizga ayonki, ko‘p millatli xalqimizni yuksak ma’rifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida jipslashtirish, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg‘usini singdirishda o‘zbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda yoshlarimizning dunyoqarashi, odob-axloqi va nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlar, ayniqsa, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdidlarga qarshi ma’rifat va ilm bilan samarali kurash olib borish hayotiy zaruratga aylangan.

5 IMG_6978.jpg

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili o‘zining ona tili haqidagi she’rlaridan ishtirokchilarga o‘qib berdi.

Shuningdek shoiraning shogirdi-O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasining san’anshunoslik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Dildora Abduzohidova hassos shoir Abdulla Oripovning 1965 yilda yozilgan quyidagi “Ona tilimga” deb nomlangan:

Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman...

she’rini yig‘ilganlarga ifodali o‘qib berdi.

Tadbir so‘nggida notiqlar tomonidan ishtirokchilarning turli savollariga hayotiy misollar keltirilib berilgan batafsil javoblar barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech