O’zbekiston delegatsiyasi “Karelforum - 2023” Ikkinchi Kareliya Xalqaro toshni qayta ishlash forumida

News image

Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va sanoat vazirligining 2023-yil 31-martdagi 4129/17-20/МЭР-и-sonli taklif xatiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 27-apreldagi 12/16400-sonli xatiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 1-maydagi 04/1-1856-sonli topshirig‘iga muvofiq, 2023-yil 22-26-may kunlari “Karelforum - 2023” Ikkinchi Kareliya Xalqaro toshni qayta ishlash forumida (keyingi o‘rinlarda matnda– Forum deb yuritiladi) ishtirok etish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining o‘rinbosari B.Bobokulov rahbarligida, Navoiy viloyati G‘azg‘on shahar hokimi A. Bazarov, hokim o‘rinbosari A.Asrorov hamda  respublikamiz hududlarida tabiiy parzodbop toshlarni qayta ishlash korxonalari vakillaridan tashkil topgan delegatsiya a’zolari 2023-yil 21-27-may kunlari Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining o‘rinbosari B.Bobokulov va delegatsiya a’zolari “Karelforum - 2023” Ikkinchi Kareliya Xalqaro toshni qayta ishlash forumida ishtirok etishdi.


Respublikamiz delegatsiyasi a’zolari Rossiya Federatsiyasining qurilish materiallari sanoati korxonalari bilan qurilish materiallari eksport salohiyatini oshirish, Rossiya Federatsiyasi korxonalari bilan respublikamiz korxonalari o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish, tajriba almashishni tashkil qilish hamda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama sanoat kooperatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, eksport, import salohiyati va investitsiya loryihasini amalga oshirish bo‘yicha bir qator korxonalar bilan o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

I. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Miftaxutdinova Svetlana bilan qurilish materiallari (marmar, granit tolshlarni qazib olish va qayta ishlash) ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamda eksport va import salohiyatlarini oshirish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi va umumiy qiymati 51,0 mln. dollarlik o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Muzokara davomida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Miftaxutdinova Svetlana Navoiy viloyati, G‘azg‘on shahri hokimi Azim Bazarov bilan Navoiy viloyati G‘azg‘on shahri hududida marmar, granit toshlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi.

photo_2023-05-29_17-32-06.jpg

II. “Uralskiye kamni” AJ bilan tabiiy pardozbop toshlar (marmar, granit va boshqalar)ni eksport import salohiyatini oshirish  bo‘yicha 500 ming dollarlik o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

III. “Karelskaya granitnaya kompaniya” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tabiiy pardozbop toshlar (marmar, granit va boshqalar)ni eksport-import salohiyatini oshirish bo‘yicha 200 ming dollarlik o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

IV. “Torgoviy dom Treyd Grupp” kompaniyasi bilan tabiiy pardozbop toshlar (marmar, granit va boshqalar)ni eksport-import salohiyatini oshirish bo‘yicha 250 ming dollarlik o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech