O‘zbekiston qurilish bozorlarida narx-navo qanday?

News image

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi boshqarma boshlig‘i Botir Xojabekov qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar salohiyati va mahsulotlar narxlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2021 yilda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

2021 yil uchun belgilangan soha bo‘yicha qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 24,2 trln so‘mga, shu jumladan, uyushma tarkibidagi korxonalar bo‘yicha 9,1 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, 500 ming dona sanitar-texnik buyumlar (2 baravar), 16,4 mln tonna sement (131 foiz), 2,6 mln o‘ram oboy (1,3 baravar), 23 mln kv m keramik plitka (110 foiz), 62 mln kv m gipsokarton (o‘sish 102 foiz) kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

2021-2022 yillarda qiymati 5,1 milliard dollar bo‘lgan 1005 ta, shundan joriy yilda 2,3 mlrd dollar va 2022-23 yillarda 1,5 va 1,3 mlrd dollarliklik loyihalar o‘z vaqtida ishga tushiriladi.

Islohotlarni amalga oshirilishi natijasida 2022 yilda 27 trln so‘m va 2023 yilda 30,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Coha korxonalari eksportini 2021 yilda 450 mln dollarga, 2023 yilda esa 1,07 mlrd. dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilda qiymati 905 milliard so‘mlik 17 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta’minlanadi.

Shundan, Investitsiya dasturi doirasida Uyushma bo‘yicha joriy yilda 31 ta loyiha bo‘yicha 327,6 mln dollar, shundan 215 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi va qiymati 90,7 mln dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi.

Dastur amalga oshirilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 2023 yilda 2020 yilga nisbatan 139 foizga o‘sib 30,6 trln so‘mni, eksport 4,2 baravarga oshib 1,07 mlrd dollarni, import o‘rnini bosish 3,9 baravarga oshib 302 mln dollarni tashkil etadi. Shuningdek, tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari hisobiga sohada ishlovchilar soni 121 foizga yoki 30 ming kishiga oshib 170 ming nafarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 8600 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 165 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

Xususan, Respublikamizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 30 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng yirik sement zavodlari bu yillik quvvati 4,2 mln. tonna bo‘lgan “Ohangaronsement” AJ, yillik quvvati 3,5 mln tonna bo‘lgan “Qizilqumsement” AJ va yiliga 1,6 mln. tonna tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega “Bekobodsement” AJ hisoblanadi. 2021 yilda sement ishlab chiqarish prognozi 16,4 mln tonna kutilmoqda va yil davomida jami quvvatlari.

8,6 mln. tonnaga teng umumiy loyiha qiymati 738,4 mln dollar bo‘lgan 11 ta (Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida) yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, yil oxirida sement ishlab chiqarish quvvatlari 25,3 mln.tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. O‘tgan hafta davomida birja savdolariga o‘rtacha kunlik 51,7 ming tonnadan sement qo‘yilib, bir tonnasi o‘rtacha 569,0 ming so‘mga sotilgan.

Gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatimizda jami yillik quvvati 1,71 mln kub metr bo‘lgan 9 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘nalishda eng yirik quvvatlar Toshkent viloyatidagi "East mining invest" MCHJ QK (Ohangaron – 500 ming m3), "Alijon" MCHJ (Ohangaron - 300 ming m3), "Mega Block Investment" MCHJ (Ohangaron - 200 ming m3), "Toshkent Temir Beton" UK (O‘rta chirchiq - 200) va “Arton” MCHJlar (Ohangaron - 200) hisoblanadi. Hozirda bir metr kub gazobetonning o‘rtacha bozor narxi 700 ming so‘mni tashkil etadi. 2021 yilda yangi quvvatlarni ishga tushirish rejasi – 6 ta loyiha, umumiy yillik quvvati 900 ming kub m.

Issiqlik saqlovchi materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha jami yillik quvvati 115 ming tonna bo‘lgan 10 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng yirik quvvatlar soni 6 ta bo‘lib, ular Basalt Composite Group (bazalt, Jizzax v. – 32 ming tonna), "Ecoclimat" MCHJ (Mineral momiq, Jizzax v. – 16,5 ming tonna), "Qibray-Yakka Chinor" MCHJ (Mineral momiq, Toshkent viloyati – 15 ming tonna), O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyatiga qarashli "Namangan o'quv ishlab chiqarish korxonasi" MCHJ (mineral momiq, Namangan v. – 13,6 ming tonna), "Elektroizolit" O‘zbek-Britaniya qo‘shma korxonasi (bazalt, Toshkent sh. – 13,5 ming tonna) va "O'zmetkombinat" AJlar (bazalt – 12,2 ming tonna) hisoblanadi. Hozirda bir metr kub issiqlik saqlovchi materiallarining o‘rtacha bozor narxi 800-900 ming so‘mni tashkil etadi. 2021 yilda umumiy yillik quvvati 127 ming tonna bo‘lgan 4 ta yangi invest loyiha ishga tushiriladi.

Keramik plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatimizda jami yillik quvvati 41,2 mln kv.metr bo‘lgan 40 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘nalishda eng yirik quvvatlar Toshkent viloyati - 14,85 mln. metr kvadrat, Sirdaryo viloyati quvvati - 13 mln m. kv., Farg‘ona viloyati - 4,631 mln.m.kv. va Toshkent shahrida (4,7 mln m. kv) joylashgan. Hozirda bir metr kv. keramik plitkaning o‘rtacha bozor narxi 35 ming so‘mni tashkil etadi.

Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan materiallardan biri gipsokarton tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar soni Respublika bo‘yicha 36 ta bo‘lib, ularning yillik quvvati 77,8 metr kv.ni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishda eng yirik quvvatlar Buxoro (40 mln. m.kv), Samarqand (10 mln m.kv.), Toshkent (3,1 mln. m.kv.) viloyatlarida va Toshkent shahrida (11,5 mln m.kv.) yaratilgan. Hozirda gipsakartonning bozordagi o‘rtacha narxi 38 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, mamlakatimizda sanitar texnik buyumlar ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bormoqda. Mahalliy mahsulotlarga nafaqat ichki balki tashqi bozorda ham talab yuqori. Respublikada ushbu yo‘nalishda yillik quvvati 2,4 mln. dona bo‘lgan 32 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar "Central Asia Sanitaryware" MCHJ (Angren sh. - 600 ming dona), “Eko kerama” MCHJ (Farg‘ona sh. - 500 ming), “Great Wall Ceramic Industries” MCHJ QK (Angren – 400 ming), "Vita Ceramics" MCHJ (Angren sh. – 319 ming) va "Angren Elite Ceramic" MCHJ lar (Angren sh. – 100 ming dona) hisoblanadi. Hozirda sanitar texnik buyumlarning bozordagi o‘rtacha narxi 350 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech