O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiali – Italiyada

News image

Italiyaning Verona shahrida “MARMOMAC-2022” 56-marmar, tabiiy toshlar va ularni qayta ishlash texnologiyasi xalqaro qurilish materiallari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan birga “ECOSTONE” MCHJ ham o‘zining mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

photo_2022-10-04_16-46-31.jpg

Korxona xalqaro ko‘rgazmada turli xildagi kvarsdan sun’iy tosh ya’ni kompazit materiallari bilan qatnashdi. Tadbirda bunday mahsulot bilan ishtirok etayotgan yagona korxona bo‘lganligi bois barchada katta taassurot qoldirdi. Mutaxassislar tomonidan “made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida ishlab chiqarilayotgan qurilish materiali va korxona faoliyati haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, Yevropa bozoriga eksport qilish, transport logistikasi masalasida ham bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

photo_2022-10-04_16-46-32.jpg

Italiyalik ishbilarmon doira vakillari kelgusida mamlakatimizda hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

photo_2022-10-04_16-46-33.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech