O‘zbekistonga 4 oyda 662 ming tonna sement import qilingan

News image

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati 26,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 662 ming tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 372 ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Tojikiston – 289,5 ming tonna
  • Qozog‘iston – 185,3 ming tonna
  • Qirg‘iz R. – 179,3 ming tonna
  • Turkmaniston – 3,7 ming tonna
  • Eron – 3,7 ming tonna
  • Rossiya – 344 tonna
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech