“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani mahallaridagi ahvol bilan tanishdi

News image

Kuni kecha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov uyushmaga biriktirilgan mahallalarda tashkil etilgan mahallabay ishlash tizimining samaradorligini oshirish maqsadida “Podshobog‘, “Elobod”, “Olmachi”, “Buyuk Ipak Yo‘li” va “Turon” mahallalariga tashrif buyurdi hamda mahalla raisi, faollari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazdi.

Ta’kidlash joizki, Mirzo Ulug‘bek tumanida «mahallabay» ishlash tizimi bo‘yicha tumandagi 5 ta mahallalarga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi biriktirilgan. «Mahallabay» o‘rganishlar natijasida «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan, yordamga muhtoj fuqarolarga moddiy, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda, mahallalarda obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

photo_2021-04-10_16-29-34.jpg

Mahallalarga tashrif chog‘ida “Turon” mahallasi binosi o‘rnatilgan mebel jihozlari va maishiy texnikalarni ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh mahalladagi kommunikatsiya tizimlarini ta’mirlash jarayonida bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, A.Bahodirov tomonidan “Turon” va “Buyuk Ipak Yo‘li” mahallalari bo‘ylab bevosita tanqidiy ruhda o‘rganish o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq va maqsadli topshiriqlar belgilab berildi. Jumladan, hududdagi simyog‘och ustunlari va ko‘p qavatli uylar kirish yo‘lagidagi tartibsiz yopishtirilgan e’lonlar, uylar yonidagi temir panjaralar ahvoli, yerlardagi tartibsiz o‘sib yotgan o‘simliklar, chiqindilarni bartaraf etish, keng ko‘lamda hashar ishlarini tashkil etish va aholi uchun uylar yonida o‘tirish o‘rindiqlarini qurib berish, aholi uchun e’lonlar burchagini tayyorlab berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech