OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida "NOSIRXON - MUSLIM" MCHJ.ga OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar bilan bir qatorda, tadbirkorlar va yosh mutaxassislar ishtirok etishdi. Dastlab, tadbir ishtirokchilarga korxona faoliyati, mahsulot turlari, ishlab chiqarish quvvati, eksport ko‘lami haqida to‘liq ma’lumot berildi.

1 IMG_6963.jpg

2 IMG_6959.jpg

Shundan so‘ng media vakillari alyumin kompozit panellar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Bu yerdagi zamonaviy texnologiyalar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birga qadoqlash sexi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "NOSIRXON - MUSLIM" MCHJ 2008 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Loyiha qiymati .... dollarni tashkil etadi. Bu yerda 2 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi. Korxona asosan alyumin kompazit panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Jamiyatda hozirda 30 nafarga yaqin yoshlar mehnat qilishmoqda. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1,7 mln metr kv.ni tashkil etadi. Bu yerda energiya tejamkor zamonaviy uskuna va dasgohlar o‘rnatilgan. Hozirda nafaqat mahalliy balki xorijiy mamlakatlar bozorlariga mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksportlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hozira Ozarbayjon, Belarus, Rossiya davlatlariga mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar ham olib borilmoqda.

3 IMG_6961.jpg

4 IMG_6968.jpg

Korxona ishlab chiqarishga ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi joriy etilgan. Mahsulotlar sifatini doim nazorat qilish uchun laboratoriya ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yilning o‘zida korxona tomonidan 30,7 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2021 yilda 17 ming dollar eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilning shu kunigacha ushbu ko‘rsatkich 500 ming dollardan ortdi. Kelgusida umumiy qiymati 10 mln dollarlik yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.

5 IMG_6964.jpg

6 IMG_6966.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

7 IMG_6965.jpg

8 IMG_6955.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech