“Ohangaronsement" AJda 2020-yil ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati sarhisob qilindi

News image

“Ohangaronsement" AJda 2020 yil yakunlari va joriy yilda amalga oshiriladigan ishlarga bag'ishlangan yig'ilish bo’lib o’tdi. Unda sement va klinker ishlab chiqarish, iste’molchilarga mahsulot jo'natish, xom ashyo ishlab chiqarishdagi rekord natijalar; ta'mirlash ishlarini bajarishga yondashuvni takomillashtirish, texnologik asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligi, moliyaviy, moddiy va yoqilg'i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida joriy qilingan boshqa innovatsion g'oyalar batafsil tahlil qilindi.

Ohangaronsement

Ta’kidlanishicha, korxona yil davomida respublikaning eng muhim ob'yektlarini uzluksiz sifatli sement mahsuloti bilan ta’minladi. Xususan, Toshkent shahridagi G’alaba bog’i , Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Buxoro viloyatida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va boshqa qurilish ishlariga mahsulot yetkazib berilgan.

Tahlillarga ko’ra, koronavirus pandemiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar sababli paydo bo’lgan qiyinchiliklarga qaramay, “Ohangaronsement” AJ tomonidan 1 199 725 tonna klinker (sement xom-ashyosi), 1 612 648 tonna sement ishlab chiqarildi. Shuningdek, iste'molchilarga 1 614 563 tonna yuqori sifatli mahsulot yetkazib berildi, shu jumladan 140 964 tonna sement eksport qilindi.

- Biz har qanday sharoitga tezkor moslashish, og’ir vaziyatlarda maksimal foyda olish va tajriba orttirishga o'rganmoqdamiz. Ishlab chiqarish jarayonini doimiy monitoring qilish, unga tizimli yondashish va tezkorlik salbiy omillarning ta'sirini kamaytirish va mahsulot tannarxini o'z vaqtida boshqarish tendentsiyasini yurgizish imkonini berdi, – deydi "Ohangaronsement" AJ bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Yig’ilish so’nggida yil davomida mehnat faoliyati davomida namuna va jonbozlik ko’rsatgan bir guruh xodimlar aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Ohangaronsement

Ma’lumot uchun, joriy yilda "Ohangaronsement" bazasida yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega "quruq" usul bilan sement ishlab chiqaradigan yangi yuqori texnologiyali zavod to’liq quvvat bilan ishga tushirilishiladi. Shuningdek, zavod hududida qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish doirasida "Korxona qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinatida seysmik zonalarda bino va inshootlar qurish uchun temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish" loyihasi amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech