"Ohangaronsement" AJda an'anaviy ta'mirlash kampaniyasi o’tkazilmoqda

News image

"Ohangaronsement" AJda asbob-uskunalarning ishonchliligini oshirish va iste'molchilarni mavsum davomida yuqori sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta'minlashga qaratilgan an'anaviy ta'mirlash kampaniyasi amalga oshirilmoqda. 2020-2021 mavsumining ta'mirlash kampaniyasi nafaqat korxonaning asosiy bo’linmalari quvvatini o’stirish, balki mintaqa qurilish sektorida "Ohangaronsement" AJning raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlarini ham o'z ichiga oladi.

Korxonada xom-ashyo va sement tegirmonlari, kuydirish pechlarining asosiy uskunalaridagi ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Xususan, xom-ashyo maydalash bo'limining beshta tegirmon korpuslarida 1 962 dona bronefuterovka almashtirildi. 3-sonli xom ashyo tegirmoni yuritmasiga korxonaning elektr ta'mirlash sexi mutaxassislari tomonidan tiklangan elektr motor o'rnatildi. Endilikda 4-sonli xom-ashyo tegirmoni asosiy yuritmasining eskirgan reduktorini almashtirish rejalashtirilgan.

Klinker kuydirish bo'limida asosiy yuritma tojini almashtirish va 4-sonli aylanma pechning ikkinchi yuritmasini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. 1-sonli aylanma pechning zanjir qismiga chang etkazib berish tizimi o'rnatildi, pechning sovuq qismida labirint ta'mirlandi. Ushbu loyiha korxonaning Rossiya sement zavodlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshirildi. Ayni paytda, 2-sonli aylanma pechda xuddi shunday ta'mir ishlari amalga oshirilmoqda. Sement maydalash bo'limida mexanik sozlashning maxsus usuli bilan 3-sonli sement tegirmoni korpusining o'rta qismini almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, "Ohangaronsement" AJda ta'mirlash ishlari muntazam takomillashtirilmoqda. Uskunalar ishlashini kuzatish natijalariga ko'ra, korxona mutaxassislari ta'mirlash ishlariga innovatsion g'oyalarni joriy etmoqdalar.

-"Ta'mirlash dasturining kompleks bajarilishi korxonaning texnologik asbob-uskunalar maksimal yuklama bilan ishlashini taqozo etadigan qurilish mavsumining eng yuqori davriga tayyorgarligini ta’minlaydi. Ta'mirlash boshqarmasi, bosh mutaxassislar xizmatlari, moddiy resurslar va sanoat xavfsizligi bo'limlarining hamkorlikdagi ishi tufayli ta'mirlash kampaniyasi zarur profilaktika va xavfsizlik choralariga (COVID-19 bo'yicha) muvofiq belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda,” – deydi korxona bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Keng ko'lamli ta'mirlash ishlariga korxona ta'mirlash boshqarmasining barcha kuchlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari ham jalb qilingan. Tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda barcha ma’suliyatli uchastkalarda zamonaviy bilimlarga ega, yosh kadrlar ham faoliyat ko'rsatmoqda.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech