- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Ohangaronsement” AJning yangi liniyasida 1 mln tonna sement ishlab chiqarildi
10 Nov 2021
256
“Ohangaronsement” AJning yillik quvvati 3 mln tonna bo‘lgan ega yuqori texnoliyali quruq usulda ishlovchi yangi liniyasida 29 oktabr holatiga ko‘ra 1 mln tonna sement ishlab chiqarildi.
Ma’lumki, joriy yilning 28 yanvar kuni yangi liniyaning klinker kuydirish sexida aylanma pech ishga tushirilgan va birinchi klinker olingan edi. 12 fevral kuni esa birinchi martada yuqori sifatli 500 markali portlandsement ishlab chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu yangi zavod Markaziy Osiyoda eng yirik va MDH dagi eng zamonaviy korxona bo‘lib, ishlab chiqarishi to‘liq avtomatlashtirilgan, energiya resurslarini kam iste’mol qiluvchi va atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan zavoddir. Bu ishlab chiqarishni boshqarishda eng yangi texnologiyalar joriy qilingan haqiqiy raqamli zavoddir. Dunyoning etakchi ishlab chiqaruvchi brendlaridan keltirilgan zamonaviy ishonchli “beshinchi avlod” uskunalaridir. Bu ishlab chiqarish maydonining barcha bo‘linmalarida 85 ta eng yangi filtr tizimlari o‘rnatish hisobiga atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirishga erishilgan zavoddir.