Poytaxtimiz Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasiga mezbonlik qilmoqda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu yarmarkadan ko‘zlangan maqsad nafaqat mahalliy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, balki mamlakatimizda xaridorgir import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan investitsiya loyihalari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mazkur biznes dasturi bir qator tadbirlarni jamlagan bo‘lib, unda mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va ichki bozorda yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirishga asosiy ahamiyat beradi.

2 photo_2022-11-14_14-51-07.jpg

E’tiborlisi, 14-18 noyabr kunlari tashkil etilgan yarmarka doirasida “O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazining 4 255 kv.metr bo‘lgan 4 ta yopiq paviloni hamda 1 530 kv.metr ochiq maydonida 21 ta tarmoq va 14 ta hududning jami 5 390 ta korxonasi tomonidan 11 896 turdagi mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Pavilonlardan kooperatsiya asosida o‘zlashtirish taklif etiladigan 2 138 turdagi import mahsulotlari (qizil hudud), istiqbolli shartnomalar tuzish uchun 3 677 turdagi yangidan o‘zlashtirilgan mahsulotlar namunalari (sariq hudud) va 2023 yilda yetkazib beriladigan import o‘rnini bosuvchi 6 081 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlar (yashil hudud) o‘rin oladi.

3 photo_2022-11-14_14-51-05.jpg

Ishtirokchilar uchun har jihatdan qulaylik yaratish maqsadida ko‘rgazmadagi mahsulotlar tarmoq prinsipida joylashtiriladi. Unda sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar mahsulotlari umumiy holda namoyish etiladi. Deylik, 1-pavilonda tog‘-kon metallurgiyasi va kimyo sanoatining 3 879 turdagi, 2-pavilonda neftgaz, energetika va elektrotexnika sanoatining 3 464 turdagi, 3-pavilonda transport, telekommunikatsiya, farmatsevtika, qurilish materiallari va mebel sanoatining 2 325 turdagi, 4-pavilonda to‘qimachilik va charm sanoati, Hunarmandlar uyushmasi va nogironlar jamiyatining 2 107 turdagi, ochiq maydonda esa 121 turdagi transport vositalari, yirik o‘lchamdagi uskunalar va boshqa mahsulotlar bilan tanishish mumkin.

4 photo_2022-11-14_14-51-06.jpg

Shuningdek, yarmarka doirasida 14-17 noyabr kunlari I va III pavilonlarda ishtirokchilar uchun taqdimotlar o‘tkaziladi. Jumladan, 19 ta sanoat tarmoqlari tomonidan mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari bo‘yicha o‘z taqdimotlarini havola etadi.

5 photo_2022-11-14_14-51-02.jpg

V2V va V2G formatdagi uchrashuvlarni o‘zida qamrab olgan yarmarka o‘zaro hamkorlikka chorlovchi shartnoma va memorandumlarni imzolashda qulay fursat yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.

6 photo_2022-11-14_14-51-04.jpg

Ma’lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mazkur tadbirda 23 dan ortiq sanoat korxonaning 40 ga yaqin turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech