Poytaxtimizda keramik plitka ishlab chiqaruvchi yirik mega korxona barpo etilmoqda

News image

Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahalliy keramik plitkalari dunyoda o‘z o‘rniga ega. Boisi, ushbu mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida talab o‘sib bormoqda. Shu bois korxonalar tomonidan yangi texnologiyalar o‘rnatilib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirilyapti. Yirik investitsiya loyihalari orqali yangi quvvatlar yaratilmoqda.

photo_2022-12-05_14-27-14.jpg

Xususan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Oriyent Keramik” MCHJ tomonidan keramik plitka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonasi barpo etilmoqda. Loyiha qiymati 42 mln dollarni tashkil etadi. Bu yerda yiliga 9 mln kv.metr keramik plitka ishlab chiqariladi. Korxona foydalanishga topshirilgach bu yerda 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Eng muhimi mahsulot tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolardan foydalaniladi. Bu yerda nafaqat kerakmik plitka balki, keramogranit ham ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotning 30 foizini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

photo_2022-12-05_14-27-15.jpg

photo_2022-12-05_14-27-16.jpg

Hozirda qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Mega korxona energiya tejamkor, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Texonologik jihatdan Xitoyning “DTL” kompaniyasi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda xitoylik mutaxassislar uskunalarni o‘rnatish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech