OAV vakillari keramik plitka ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi

News image

"O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan OAV vakillari uchun navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar mamlakatimizda keramik plitka ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxona “Orient keramik” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tinishishdi. Tadbirda o‘ndan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Dastlab, OAV vakillari yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik plitka ishlab chiqarish sexi bilan yaqindan tanishishdi. Press sayohat davomida jurnalistlar mahsulot tayyorlanish jarayonlari, ishchi-xizmatlar uchun yaratilgan sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi. E’tiborlisi, qalam axli egalari bu yerda mutaxassislar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.

1.jpg

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari korxona shourumida bo‘lishda va mahsulot turlari bilan tanishishdi. Mutaxassislar eksport ko‘lami va ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumotlar berishdi.

Press-tur davomida OAV vakillariga “Orient keramik” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, kelajakdagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

2.jpg

OAV vakillarida jamiyatdagi ish jarayoni, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

3.jpg

Ma’lumot uchun, “Orient keramik” MCHJ Chilonzor tumanidagi sanoat zonasida 3,6 gektar hududda joylashgan. 2019 yil iyul oyida o‘z faoliyatini boshlagan loyihaning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bo‘lib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni paytda bu yerda 270 ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, mas’uliyati cheklangan jamiyat mahsulotlari deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Shu bois, bu yerda ishlab chiqarilgan kafellar xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga chiqarilmoqda. Ayni paytda korxona mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘i Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

4.jpg

5.jpg

6.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech