Qashqadaryo viloyatida 2021 yilda 401,1 mlrd so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasida yangi ish o‘rinlari, yangi quvvatlar yaratilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari sanoati sohasida 2021 yilda jami 640 ta korxona tomonidan 401,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

IMG_3768.jpg

Hududda hozirda 81 ta pishiq g‘isht, 28 ta temir-beton buyumlari, 34 ta shag‘al va chaqiq tosh, 22 ta qurilish qumi, 20 ta marmar, 9 ta gazobeton va penabeton bloklari, 7 ta akril va vinil polimerlar asosida lak-bo‘yoqlar, 3 ta metal armatura, 1 ta sement (tegirmon), 1 ta tom yopqich materiallari (shifer), 90 ta shlakoblok kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yilda Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami qiymati 5,2 mln dollar miqdorida qurilish materiallari eksport qilingan. Xususan, 4,6 mln.doll - PVX quvurlar va fitinglar va plastmassa buyumlar, 278 ming doll - tabiiy pardozbop va qurilish tosh mahsulotlari, 225 ming doll - metall qurilish buyumlari xorijiy davlatlarga yetkazilgan.

O‘rganishlarga ko‘ra, viloyatda qurilish materiallari hom-ashyo zaxiralari asosan sement, shisha, mikrokalsit, bo‘r, pishiq g‘isht, mineral bo‘yoqlar, tabiiy pardozbop toshlar, silikat qumlar va qurilish toshlari ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

photo_2021-11-08_07-46-54 (5).jpg

Viloyatning 11 ta (Kasbi, Mirishkor tumanlari va Qarshi shahridan tashqari) tumanida 134 ta zaxira konlari va 196 ta kon uchastkalari mavjud bo‘lib, hozirda 163 ta zaxira kon uchastkalaridan foydalanilmoqda (83 foizi), qolgan 33 ta kon uchastkalarini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida yer osti qazilma boyliklari asosan Dexqonobod, Chiroqchi, Yakkabog‘, Qamashi, G‘uzor, Qarshi, Shaxrisabz, Kitob, Nishon, Muborak, Koson tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur imkoniyatlardan foydalangan holda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qurilish materiallari sanoati sohasida 2021 yilda qiymati 39,1 mln dollar bo‘lgan 74 ta loyiha ishga tushirilgan va 504 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech