Qashqadaryo viloyatida yirik sement zavodi foydalanishga topshirildi

News image

Bugun Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilgan “Qarshi Conch sement” XK sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish va start berish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahodir Ismoilov ishtirok etdi.

Loyiha qiymati 150 mln dollar bo‘lib, yangi quvvatni foydalanishga topshirish uchun “Anhui Conch Cement Co.,Ltd” Xitoy korporatsiyasi tomonidan 150 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilingan. E’tiborlisi, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln tonnani tashkil etadi. Yangi sement zavodini barpo etishga 50 gektar joy ajratilgan bo‘lib, 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Yangi sement zavodi energiya tejamkor, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan.

photo_2022-05-18_12-08-58 (2).jpg

Ma’lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan yurtimizda asosiy qurilish materiali ishlab chiqarish xajmini oshirish, ushbu yo‘nalishda yangi quvvatlarni amalga oshirish orqali mahsulot tannarxni pasaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Respublika bo‘yicha 2021 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 14,2 mln tonnani tashkil etib, o‘tgan 2020 yilga nisbatan 13 foizga o‘sish ta’minlandi.

2022-2023 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech