Qirg‘iziston Respublikasiga qurilish materiallari eksporti oshiriladi

News image

Davlatimiz rahbarining Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari va qirg‘izistonlik ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes- forumi o‘tkazildi. Unda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qirg‘izistonlik ishbilarmon doira vakillari bilan B2B formatida uchrashuvlar ham tashkil etildi. Unda 2023-2025-yillarda Qirg‘iziston Respublikasi hududida “Elet Bolsunbek Shadybekovich” MCHJ (Qirg‘iziston Respublikasi) va “Asia Basalt Wool” MCHJ” MCHJ (O‘zbekiston Respublikasi) o‘rtasida bazalt toshidan issiqlik izolyatsion materiallar tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish, 2023-2025 yillarda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida "Qirg‘izindustriya" OAJ (Qirg‘iziston Respublikasi) va "OSIYO GRANIT" MCHJ QK (O‘zbekiston Respublikasi) o‘rtasida “shisha kristallit” ishlab chiqarish, “Karinbay” yuridik shaxslar uyushmasi (Qirg‘iziston Respublikasi) bilan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi o‘rtasida qurilish materiallari (tabiiy pardozbop toshlar) sanoatini savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

2 photo_2023-01-27_17-41-42.jpg

Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Chimberdi Tomonov bilan uchrashdi. Muzokara davomida Qirg‘iziston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish va o‘zaro savdo aloqalarini (eksport, import) aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha so‘z yuritildi. Tashrif davomida Qirg‘iziston Respublikasi Geologiya, ekologiya vazirining o‘rinbosari Almazbek Tumanov, "Qirg‘izindustriya" OAJ boshqaruvi kengashi a’zosi Saidbek Zulpuyev bilan ham ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

3 photo_2023-01-27_17-41-46.jpg

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qurilish materiallari sohasida tovar ayriboshlash hajmini yanada oshirish, hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov tadbirkorlar bilan muzokaralar olib bordi.

Tadbir davomida qirg‘izistonlik tadbirkorlar bilan keyingi yillarda eksport hajmini yanada oshirish, hamkorlikda qurilish materiallari turlarini kengaytirishga kelishib olindi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech