Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirildi

News image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021 yilda 415 ta korxona tomonidan 672,6 mlrd so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

2022 yil yanvar-iyul oylarida qiymati 101,0 mlrd so‘mlik 20 ta loyiha ishga tushirildi va 280 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Loyihalarni moliyalashtirishga 64,3 mlrd so‘m (63,6 foiz) tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, 36,6 mlrd so‘m (36,4 foiz) bank kreditlari yo‘naltirilgan.

Xususan, Nukus shahrida "Akfa assembly" jamiyati tomonidan 65,5 mlrd.so‘m investitsiya hisobiga yiliga 300 ming kv.m shovqin va chang o‘tkazmaydigan quyosh nuridan to‘suvchi yangi innovatsion eshik va romlar ishlab chiqarishni tashkil etish quvvatlari hamda 57 ta ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, Nukus shaxrida "QARATAU SEMENT SAUDA" jamiyati tomonidan 15,2 mlrd.so‘m investitsiya hisobiga yiliga 450 ming kub metr Beton ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish quvvatlari barpo etildi.

Bundan tashqari: 2022-2023 yillarda umumiy qiymati 2 trln. 271,0 mlrd so‘mlik 110 ta loyiha amalga oshiriladi va 3 089 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihalarni 1 138,7 mlrd.so‘mlik (50,1 foiz) tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, 833,3 mlrd.so‘mlik bank kreditlari (36,7 foiz), 26,4 mln dollari xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan (13,2 foiz) amalga oshiriladi.

photo_2021-08-23_16-12-52.jpg

Misol uchun:

Mo‘ynoq tumanida “Mo‘ynoq LDSP” MCHJ tomonidan 81,2 mlrd.so‘m investitsiya hisobiga yiliga 50,0 ming kub metr qamish asosida DSP ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi hamda 200 ta doimiy va 1 500 ta mavsumiy ish o‘rni yaratiladi.

Ellikqal’a tumanida "YANGI ZAMON MAHSUS QURILISH" jamiyati tomonidan 23,1 mlrd.so‘m investitsiya hisobiga yiliga 1,0 ming kvadrat metr plastik panellar, suyuq oboy va profil mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi hamda 79 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Nukus shaxrida "IRON BRASERS" jamiyati tomonidan 7,6 mlrd.so‘m investitsiya hisobiga yiliga 10 mln. dona dekorativ armaturalar va g‘isht ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi hamda 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech