Qoraqalpog‘istonda qiymati 213,1 mlrd.so‘mlik 33 ta loyiha amalga oshirildi

News image

Respublikamizda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida hududlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimizning eng chekka hududi hisoblanmish Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 320,5 mlrd so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 62 ta loyihalar kiritilgan bo‘lib, 2021 yil 1 sentabr sanasiga qadar umumiy qiymati 213,1 mlrd.so‘m investitsiya o‘zlashtirib, 33 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 222 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Yirik investitsiya loyihalari asosan hududning Ellikqal’a, Amudaryo, Beruniy, Qorao‘zak, Mo‘ynoq, Shumanay, Chimboy, Nukus tumanlarida foydalanishga topshirildi.

Eng yirik loyihalardan biri Ellikqal’a tumanida amalga oshiriladi. Bu yerda “BUSTON LIME STONE” MCHJ tomonidan ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati 21 mlrd 300 mln so‘mni tashkil etadi. E’tiborlisi mazkur ishlab chiqarish jarayoniga Janubiy Koreyaning "S.O.M" Co. Ltd kompaniyasi tomonidan 2,4 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiya kiritiladi.

Yana bir investitsiya loyihasining qiymati 23 mlrd. 541 mln. so‘m bo‘lib, "NUKUS BETON" MCHJ tomonidan Nukus tumanida temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil etildi. Bu yerda yiligi 12 ming kub metr beton mahsulotlari tayyorlanadi. Mo‘ynoq tumanida ham yillik quvvati 50 ming kub metr qamishdan (DSP) panel ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Ushbu loyiha “MUYNAK LDSP” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning qiymati 66 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

IMG_1797.jpg

Joriy yilda hudda kaolinni qayta ishlavchi korxona ham tashkil etildi. Loyiha tashabbuskori "Qaraqalpaq Kaolin" MCHJ bo‘lib, unga 300 ming dollar miqdorida chet el investitsiyasi jalb qilingan. Bu yerda yiliga 30 ming tonna kaolin xom-ashyo tayyorlanadi. Korxona faoliyatini boshlashi bilan 60 nafar qoraqalpog‘istonlik yoshlar ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021-2022 yillarda granit va farforitni maydalashni tashkil etish, profirit toshini qayta ishlash, temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarish, shag‘al ishlab chiqarishni tashkil etish, plita, blok, shlakblok, g‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish, profnastil cherepitsa ishlab chiqarishni tashkil etish kabi bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech