Qurilish materiallari sanoatiga oid ilmiy-tadqiqotlar ko‘rib chiqildi

News image

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida yosh olimlar ilmiy-tadqiqotlari natijalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda uyushma rahbariyati, mutaxassislar va olimlar ishtirok etishdi.

1 18-10-2022.jpg

Yig‘ilishda ilm-fan yutuqlari va innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda yangi turdagi energiya tejamkor va ekologik jihatdan xavfsiz qurilish materiallarini amaliyotga joriy etilishi va qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha fikrlar almashildi. Shuningdek, qurilish materiallari sohasidagi innovatsion yutuqlar, zamonaviy tendensiyalar va ilm-fan, muhandislik va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari haqida ma’lumot berildi. Eng muhimi yangi turdagi qurilish materiallari texnologiyalarini yaratishga qaratilgan dolzarb mavzularda innovatsion loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

2 18-10-2022.jpg

3 18-10-2022.jpg

Dastlab, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tasarrufidagi “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi yosh olimlarining “Kompozitsion polimer qoplamalarning tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish va temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llash”, “Mochevina-formaldegid smolasini modifikatsiyasi va uni qurilish maqsadida yog‘och-plastik kompozitsion plita materiallarini ishlab chiqarishda qo‘llash” bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

4 18-10-2022.jpg

5 18-10-2022.jpg

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Ko‘p komponentli sementlar asosida o‘ta yengil betonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish”, “Mahalliy lyossimon jinslarni kayta ishlash asosida tarixiy obidalarni ta’mirlash materiallari olish texnologiyasi”, Qurilish materiallari karerlarida portlatish ishlarida gidrogel tiqinlarni qo‘llashni tadqiq qilish va asoslash” loyihalar bo‘yicha ham axborot berildi.

6 18-10-2022.jpg

Yig‘ilish davomida yangi turdagi innovatsion texnologiyalar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech