Respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 27,1 mln tonnaga yetkazildi

News image

Respublika bo‘yicha 2022 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 15,2 mln tonnani tashkil etishi va o‘tgan 2021 yilga (14,2 mln tonna) nisbatan 7 foizga o‘sish ta’minlanishi kutilmoqda.

2022 yilda yillik quvvati 6,8 mln. tonnaga teng 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodlari Andijon, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushirildi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 27,1 mln.tonnani tashkil etadi.

2022 yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar qurilishiga o‘rtacha birja kotirovka narxlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 60 ming tonna sement xarid qilingan.

Yana bir ma’lumot, o‘tgan 3 chorakda birja savdolarida bir tonna portland sement o‘rtacha 583 ming QQS bilan) so‘mdan sotilgan. Birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi ta’minlandi.

2022 yilda "Qizilqumsement" AJ tomonidan umumiy qiymati 137 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 800 tonna klinker ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, "Rash milk" MCHJ, "Namangansement" MCHJ (II-bosqich), "Qarshi konch sement" MCHJ, Farg‘ona Yasin qurilish mollari MCHJ QK (2-etap), "Shaffof sement sanoati" MCHJ va Jaxon Yevro Servis" MCHJda kabi sement loyihalari o‘z faoliyatini boshladi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech