Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2020 yil 2 mart kuni qabul qilingan Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek yangi turdagi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish maqsadida “Zamonaviy arxitektura, binolar va inshootlarning mustahkamligi, ishonchliligi va seysmik xavfsizlik muammolari” mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

1.jpg

Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti mutasaddi rahbarlar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Anjumanda ilmiy yutuqlar va innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha fikrlar, ilmiy va amaliy tajriba almashildi. Tadbirning asosiy maqsadi ilmiy jamoatchilikka va salohiyatli investorlarga qurilish materiallari sohasidagi zamonaviy yutuqlarini taqdim etish, shuningdek muammolarga oydinlik kiritish hamda zamonaviy tendensiyalar va ilm-fan, muhandislik va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan bo‘lishishdir.

2.jpg

Shu bois qurilish industriyasi bo‘yicha dolzarb mavzularda sho‘’balarga bo‘lingan holda taqdimotlar o‘tkazildi. Jumladan, “Zamonaviy arxitekturagi innovatsiyalar; qurilish materiallari va innovatsion qurilish texnologiyalari; resurstejamkor bino va inshootlarni loyihalash”, “Bino va inshootlarning konstruksiyaviy mustahkamligi, ishonchliligi hamda seysmik xavfsizlik masalalari; bino va inshootlarning nuqsonlarni, ularni aniqlash hamda bartaraf etish masalalari; bino va inshootlarni hisoblash asoslarini takomillashtirish hamda ularni yanada rivojlantirish masalalari” bo‘yicha ma’ruzalar qilindi, fikr va mulohazalar bildirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech