Rossiya bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi

News image

Kuni kecha poytaxtimizda Rossiya Federatsiyasi Ryazan viloyati sanoat korxonalari mahsulotlarining shourumi tashkil etildi. Unda hududda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik, charm-poyafzal, elektrotexnika, qurilish mahsulotlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, ko‘plab ishbilarmon doira vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Xususan, tadbir doirasida Ryazan viloyati gubernatori Nikolay Lyubimov va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahtiyor Boboqulov uchrashuvi tashkil etildi.

7.jpg

Tadbirda yig‘ilganlarga O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport ko‘lami, tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, iqqi tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mahalliy qurilish materiallari eksportini oshirish, hamkorlikda investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Rossiya delegatsiyasi vakillari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy pardozbop toshlarni eksport qilish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borish taklifini bildirishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech