Rossiya Federatsiyasiga qariyb 50 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi

News image

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik nafaqat siyosiy-gumanitar, balki iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda ham yil sayin rivojlanib bormoqda.

Natijada mahsulot yetkazib berish uchun yangi bozorlar ochilmoqda, ish o‘rinlari yaratilmoqda. So‘nggi uch yilda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishi sezilarli darajada kengaydi va O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3997-son qarori bo‘yicha umumiy qiymati 256,5 mln dollarlik 4 ta investitsiya loyihalari amalga oshirish belgilangan. E’tiborlisi, bugungi kunga qadar barcha loyihalar foydalanishga topshirilgan. Xususan, «Petromaruz» kompaniyasi tomonidan Surxondaryo viloyatida qiymati 50,0 mln dollarlik sement ishlab chiqarish (Surxon sement),«Miks» MCHJ tomonidan Namangan viloyatida qiymati 6,5 mln dollarlik truba va shifer ishlab chiqarish, «Yevrosement grup» AJ tomonidan Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida «Oxangaronsement» AJ bazasida qiymati 160,0 mln dollarlik sement zavod qurish, shuningdek, «Yevrosement grup» AJ tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shaxri xududlarida qiymati 40,0 mln dollarlik temir beton maxsulotlari, olovbardosh g‘isht va issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 noyabrda Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida qurilish materiallari sanoati soxasida umumiy qiymati 30,0 mln dollarlik 2 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Jumladan, “Tomdi Aktau Nerud” tomonidan Rossiyaning “SK Indeks” MCHJ kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining G‘azg‘on qishlog‘ida 15 ming kub metr quvvatga ega qiymati 20,0 mln dollarlik marmar va granit qayta ishlash loyihasini amalga oshirish, “Ogneupor” MCHJ tomonidan Rossiyaning “Magnezit” AJ kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 10,0 mln dollarlik yillik quvvati 40 ming tonna o‘tga chidamli g‘isht ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Shu o‘rinda, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari eksportiga alohida to‘xtalib o‘tsam. 2021 yil davomida Rossiyaga qiymati 30,7 mln dollarlik, shuningdek, joriy yil yanvar-oktabr oylarida 49,2 mln dollar qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan. Yil yakuniga qadar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarni 60 mln dollarga yetkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eksportga yo‘naltirilgan asosiy mahsulotlar: 18,9 mln dollarlik PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari; 6,3 mln dollarlik metall buyumlar, 2,2 mln dollarlik Alyumin profil va alyumindan yasalgan mahsulotlar va boshqalar. Davlatlarlar kesimida qaralganda, jami eksport xajmining 11%ini tashkil etib eksport qilinadigan asosiy Rossiya Federatsiyasi davlatlar orasida 4-o‘rinni egallaydi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2021 yil mobaynida Rossiyadan qiymati 252,5 mln dollarlik qurilish materiallari importi amalga oshirilgan. Asosiy import bo‘lgan mahsulotlar: Yog‘och-qirindi plitalari (DSP) 115,5 mln dollar (ichki ishlab chiqarish talabni qondirib beraolmasligi sababli); Gulqog‘oz - 30 mln dollar, Lak-bo‘yoq maxsulotlari 19,4 mln dollar va boshqalar. Davlatlar kesimida jami importning 36%ini tashkil etib 1-o‘rinni egallab turibdi.

Ikki davlat hukumat vakillarining o‘zaro uchrashuvlari davomida ham iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tovar ayriboshlash hajmini oshirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop qurilish materiallari ro‘yxati, xususan Rossiya tomoni ehtiyojlaridan kelib chiqib, eksport qilish bo‘yicha 172.2 mln dollarlik tijorat takliflari taqdim etildi.

Bazalt maxsulotlari yetkazib berish bo‘yicha Rossiyaning “Forteks” kompaniyasi bilan 30,0 mln dollarlik, Rossiyaning "Praym keramik rus" kompaniyasi bilan qiymati 10 mln dollarlik keramik plitka yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech