S&P Global Ratings O‘zbekistondagi sement ishlab chiqaruvchi USG kompaniyasini B+ ijobiy kredit reytingiga loyiq ko‘rdi

News image

Yaqindagina UCG kompaniyasi “S&P Global Ratings” agentligining B+ ijobiy kredit reytingiga ega bo‘ldi.

"Xalqaro kredit reytingi tashkilotidan bu e’tirofga erishish nafaqat bizning guruh, balki butun O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham ijobiy natijadir. Bu ayni damda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat kompaniyalar ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir", - deya voqeaga munosabat bildirdi UCG direktorlar kengashi a’zosi, sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga mashhur mutaxassis Andreas Kern.

United Cement Group (UCG) kompaniyasi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi yirik sement ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaga Qozog‘istonda asos solingan bo‘lib, u O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi yirik sement ishlab chiqaruvchilarni o‘zida birlashtirgan. Misol uchun, “Qizilqumsement” AJ, “Quvasoysement” AJ “Bekobodsement” AJ, “Yangiyo‘l” sementni yanchish stansiyasi, “Kant Sement Zavodi” OAJ va “Texnolin” MCHJ shular jumlasidan. Korxonalarning O‘zbekiston bozoridagi umumiy ulushi 35%ni tashkil etadi. Korxona bu ko‘rsatkichni 2023-yilda ham ushlab qolishni niyat qilgan.

2 263d79195991ac.jpg

Hozirda O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish sohasida asosiy urg‘u ekologiya va energosamaradorlikka qaratilgan. Korxonalarda energiya sarfini kamaytirish orqali atrof-muhitga zararni minimallashtirishga harakat qilinmoqda. Bu yil holding korxonalari barcha sement turlarini yangi davlat standartlari talablari bo‘yicha ishlab chiqarishni boshladi. Asosiy ustunliklardan biri sementni qurilish-beton maydonlari orqali yetkazilib berilishida va bino yoki inshootning bitgunicha bo‘lgan bepul texnologik ko‘mak berilishidadir.

UCG bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Bundan tashqari raqobat yetarli darajada. Buning isboti sifatida taklif qilinayotgan sement qurilish sohasidagi talabdan 30% ortiqligini ko‘rsatish mumkin.

3 63d79194388b5.jpg

“Albatta, biz 2023-yilga ehtiyotkorlik bilan qarayapmiz. Hozirgi yuqori raqobat davrida, faqatgina quruvchilarga arzon narx va yuqori sifatni taklif eta oladigan samarali korxonalargina jon saqlab qola oladi. Bugungi kunda bizning mahsulotlar O‘zbekiston bozoridan tashqari, qisman Qozog‘iston va Qirg‘iziston bozorlariga ham yetkazib berilmoqda. Kelajakda xizmat ko‘rsatish geografiyamizni yanada kengaytirish niyatidamiz. S&P Global Ratings xalqaro yetakchi reyting agentligining kredit reytingiga loyiq ko‘rilish - O‘zbekistondagi sement sohasini rivojlanishida muhim qadamlardan biri”, – deydi UCG direktorlar kengashi a’zosi, sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga mashhur mutaxassis Andreas Kern.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech