Sanoat korxonalarida ekologik nazorat kuchaytiriladi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sement ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2020 yil 14 apreldagi 223-son qarorining 1-bandi bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab respublikada faoliyat yurituvchi barcha sement ishlab chiqaruvchi tashkilotlarining atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlar) majburiy tartibda ushbu tashkilotlar mablag‘lari xisobiga o‘rnatilishi hamda statsionar kuzatish punktlari (postlar) atmosfera havosining ifloslanish darajasi monitoringini olib borish uchun masofadan uzatish qurilmalari bilan jihozlanishi belgilangan.

1.jpg

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan xamkorligida joriy yilning 29 - oktabr kuni tashkillashtirilgan tegishli vazirlik, idora va ishlab chiqarish korxonalarining ishtirokida “Respublikada ishlab chiqarish tashkilotlarini atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari o‘rnatilishi” yuzasidan onlayn ko‘rgazmali namoyishi (prezentatsiya) tashkillashtirildi.

2.jpg

Tashkillashtirilgan onlayn ko‘rgazmali namoyishda qatnashgan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga puxta va aniq javoblar oldilar.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech