Sanoat korxonalarida ekologik nazorat kuchaytiriladi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentabrdagi 737-son xamda 2020 yil 14 apreldagi 223-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022 yil 18 mart 05-1391-son buyrug‘i bilan O’z DSt 3605:2022 “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablar” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti tasdiqlanishi yuzasidan onlayn konferensiya o‘tkazildi.

2.jpg

Unda, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati, tegishli vazirlik, idora va ishlab chiqarish korxonalar ishtirok etishdi. Onlayn konferensiyada mutasaddilar Respublikada ishlab chiqarish tashkilotlarini atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida O’z DSt 3605:2022 “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. Umumiy va texnik talablar” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti asosida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalarni, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini (postlar) o‘rnatish masalalarini muhokama qilishdi.

Tashkillashtirilgan onlayn ko‘rgazmali namoyishda qatnashgan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga puxta va aniq javoblar oldilar.

3.jpg

4.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech