Sanoat korxonalarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazilmoqda

News image

Davlat rahbarining tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari hududida daraxt ko‘chatlari o‘tkazilmoqda. Xususan, kuni kecha "DAL TEKNIK ZOMIN CEMENT AND LIME" MCHJda 200 ga yakin manzarali va mevali daraxtlarni ekish uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Daraxtlar. Ular havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

photo_2021-11-10_11-07-32.jpg

Ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.

Amaliy ishlar vaqti keldi! Aholi yashash punktlaridan tortib sanoat korxonalarigacha daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Shu bois soha korxonalarida daraxt ekish chelenji davom etmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech