Tabiiy va pardozbop toshlarga talab oshmoqda

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan boshqa qurilish materiallari qatori tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Buni raqamlar orqali ham bilish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika hududlarida 2020 yil 1 yanvar holatiga 110 ta tabiiy pardozbop tosh konlari mavjud bo‘lib, ularning zahirasi – 129,6 mln. metr kubni tashkil qiladi. Mamlakatimiz bo‘yicha tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi 250 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. 2020 yil 1 noyabr holatiga Davlat Geologiya qo‘mitasi tomonidan jami 227 ta, shundan qazib olish uchun – 124 ta, geologik jihatdan o‘rganish uchun – 103 ta litsenziyalar berilgan. 2020 yil yanvar-noyabr oylarida 1,2 mln. dollarlik 5,7 ming tonna tabbiy va pardozbop toshlar eksport qilingan bo‘lsa, 2019 yil qilingan eksport hajmiga nisbatan 1,2 barobarga o‘sishga erishildi.

1.jpg

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yildan-yilga tabiiy pardozbop toshlarni ishlab chiqarish va uni nafaqat mahalliy balki jaxon bozoriga yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilda ham ushbu yo‘nalishda bir qator investitsiya loyihalarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, 2020-2021 yillarda Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarida umumiy qiymati 97,2 mln.dollar bo‘lgan, yillik quvvati 347,1 ming kub metr marmar va granit toshlarini qazib olish, 2,6 mln.metr kvadrat marmar va granit plitalarini qayta ishlab chiqarish bo‘yicha 23 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Hususan, 2020 yilda yangi loyihalarni ishga tushishi natijasida yangi konlarni o‘zlashtirish hisobiga qo‘shimcha 296,5 ming metr kub marmar, granit, gabbro va x.k lardan (blok) xarsanglarni qazib olish, 2,2 mln.metr kvadratdan ortiq xar xil turdagi plitalar va me’moriy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini hamda 900 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi.

2.jpg

Yangi quvvatlarni ishga tushirish natijasida eksportbop xarsanglar (blok) qazib olish va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi.

(xar xil turdagi plitalar (stol usti plitalari, zina plitalari, tokcha plitalari va x.k.), kotta xajmdagi plitalar (slyab), balyasina, perilla, bordyurlar (yo‘l va yo‘lak), bruschatkalar, qabr toshlari, arxitekturaviy mahsulotlar, xunarmandchilik mahsulotlari va boshqalar)

Shuningdek hosil bo‘lgan chiqindidan:

  • marmar tosh bo‘laklaridan kompozit koplama materiallar ishlab chiqarishni tashkil etiladi;

  • tabiiy toshlardan mayolika va mozaik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etiladi;

  • granit konlarda va ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilardan brekcha, sheben ishlab chiqariladi;

  • marmar konlarda va ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilardan brekcha, mel, quruq qorishmalar, kroshka, mikrokalsit.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech