“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, tarmoq korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari uchun 5-mavsum o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.

72 soatlik o‘quv rejalar asosida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kursida mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida, mutlaqo bepul tarzda amalga oshirildi.

1.jpg

Mashg‘ulotlar respublikadagi 10 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka, ko‘nikmaga hamda katta tajribaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib borildi.

Tinglovchilar o‘quv kursi davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan tashqari, ilg‘or ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash bilan birga, akkreditlangan laboratoriyalarda bevosita qurilish materiallari ustida sinov va tadqiqot ishlarida qatnashishdi.

2.jpg

3.jpg

4.jpg

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda sertifikat berildi.

Keyingi mavsumlar uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur 68-a. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Telefon: 71 2549201, 94 5766900, 97 7278784

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech