Talofatlarni bartaraf etish uchun qurilish materiallari yetkazilmoqda

News image

Joriy yilning 22 oktabr kuni Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omboridagi portlashdan zarar ko‘rgan turar va noturarjoy binolarga o‘tgan bir sutka ichida “Kvars” AJ tomonidan 10 ming kvadrat metr qurilish oynasi va “Ohangaron shifer” AJdan esa 4800 dona shifer yetkazildi. Talofat ko‘rgan binolar bugun yana 10 ming kvadrat metr qurilish oynasi bilan ta’minlanadi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ishchi guruhi qurilish materiallarini o‘z vaqtida yetib borishi, mahsulotlarning taqsimlanishini to‘liq nazorat qilib borishmoqda.

Hozirgacha zararlangan ob’ektlarning yarmidan ko‘pi to‘liq ta’mirlab bo‘lindi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech