Vengriya davlatiga qurilish materiallari eksport hajmi oshiriladi

News image

Davlatimiz rahbarining Vengriya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari va vengriyalik ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida Vengriya-O‘zbekiston biznes forumi o‘tkazildi. Unda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida qurilish materiallari sohasida tovar ayriboshlash hajmini yanada oshirish, hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov tadbirkorlar bilan muzokaralar olib bordi.

1 photo_2022-10-03_17-53-17.jpg

Vengriyalik ishbilarmon doira vakillari bilan V2V formatda tashkil etilgan uchrashuv davomida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Kvars” AJ va Venriyaning yirik "Uzbeksko-Vengerskoye Ekonomicheskoye razvitiye" MCHJ tashkiloti o‘rtasida oyna mahsulotlari, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun shisha idishlari yetkazib berish bo‘yicha 10 mln yevro miqdoridagi memorandum imzolandi.

2 photo_2022-10-03_17-53-21.jpg

Bundan tashqari Vengriya ishbilarmon doira vakillari uchun “Mega invest industrial” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan bazalt armatura, geosetka, roving materialari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

3-photo_2022-10-03_17-53-22.jpg

Mazkur yirik anjuman mamalakatimizda ishlab chiqariladigan qurilish maxsulotarini Vengriyaning turli mintaqalariga eksport qilinishiga imkon yaratadi. Tadbir davomida vengriyalik tadbirkorlar bilan keyingi yillarda eksport hajmini yanada oshirish, hamkorlikda qurilish materiallari turlarini kengaytirishga kelishib olindi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech