Xorazm viloyatida yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

News image

Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilish materiallari sanoati bo‘yicha hududda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Farxod Ermanov ishtirok etdi va barpo etilayotgan korxonalar bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumki, Xorazm viloyatida bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib, zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bilan bir qatorda an’anaviy qurilish konstruksiyalari o‘rnini yangi, arzon va qulay materiallar egallamoqda. Shu bois “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida hududda yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, ushbu yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

1.jpg

Mamlakatimiz Prezidenti poytaxtimizdagi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishish chog‘ida bundan buyon devorbop material sifatida g‘ishtdan foydalanishni qisqartirish va issiqlik o‘tkazmaydigan bazalt tolalali plitalarni qo‘llash bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan kelib chiqib viloyatda ham bazalt tolali plitalar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eski temir-beton buyumlari zavodi binosi rekonstruksiya qilinib, umumiy qiymati 59 mln 370 ming yevro bo‘lgan ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 55 ming tonna bazalt mineral plitalari ishlab chiqariladi. Korxona rivojlangan davlatlarning energiya tejamkor uskunlari bilan jihozlanadi. Umumiy sotuv hajmi 55 mln yevroni tashkil qilib, ishlab chiqarilgan mahsulotning 60 foizi eksportga yo‘naltiradi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

2.jpg

Ma’lumot uchun bazalt tolali plitalar bino ichida mo‘’tadil haroratni hosil qilishi, tashqi ta’sirlarga va yong‘inga chidamliligi, ekologik tozaligi kabi qator afzalliklarga ega. Muhimi mahsulotga ichki va tashqi bozorda talab katta.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech