Yana bir yangi korxona foydalanishga topshirildi

News image

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida keng turdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zarafshon Oyna” MCHJ foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 250 mln dollarni tashkil etadi. Yangi korxona 38 gektar hudduda joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Bu yerdagi energiya tejamkor, zamonaviy uskuna va jihozlar Germaniya, Fransiya, Italiya, AKSH, Belgiya, Yaponiya davlatlaridan keltirilgan. Korxona yiliga 12,0 mln.kv.metr silliq shisha listi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

E’tiborlisi, ishlab chiqarilgan mahsulotning 50 foizi mahalliy bozorlarga, qolgan qismi esa eksportga mo‘ljallangan.

Korxona foydalanishga topshirilishi bilan davlat budjetiga qo‘shimcha 25 mlrd tushum bo‘ladi. Eng muhimi 700 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Zarafshonlik yoshlar yangi ish bilan ta’minlanishdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish oynasi “Kvars” AJ (yillik ishlab chiqarish quvvati 32 mln kv. metr) va “Mingyuan SiLu Industry” MCHJ (yillik ishlab chiqarish quvvati 7 mln kv. metr) (Xitoy) qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech