- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- YETTB vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
11 Sep 2025
173
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat” uyushmalari hamda YETTB vakillari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish, xalqaro moliyaviy bozorlarga chiqish imkoniyatlari hamda biznes va iqtisodiy taraqqiyotga turtki beradigan tashabbuslar muhokama qilindi.
Jumladan, Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Mazkur markaz orqali mahalliy tadbirkorlar xalqaro moliyaviy resurslarga chiqish jarayonida amaliy ko‘mak va maslahatlar olish imkoniyatiga egaligi ta’kidlandi.
Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, treninglar tashkil etish hamda biznesni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalasida kelishib oldilar.