Yevropa standartlari asosida keramik plitka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida Avstriyaning “LASSELSBERGER GROUP” kompaniyasi ta’sischisi Josef Lasselsberger boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mamlakatdagi investitsiya muhiti, logistika masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi.

1 17-10-2022.jpg

2 17-10-2022.jpg

Dastlab yig‘ilganlarga O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport ko‘lami, qurilish materiallari xom-ashyosi, sanoat korxonalar faoliyati haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mamlakatimizda keramik plitka ishlab chiqarish imkoniyatlari, mavjud quvvatlar haqida taqdimot ham o‘tkazildi.

3 17-10-2022.jpg

Avstriya delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatiga yuksak baho berarkan, hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida fikr bildirishdi. Tadbir davomida mexmonlar kompaniya faoliyati va mahsulotlari haqida ham to‘liq ma’lumot berishdi.

4 17-10-2022.jpg

5 17-10-2022.jpg

Uchrashuv so‘nggida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “LASSELSBERGER GROUP” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda qiymati 50 mln dollar bo‘lgan Yevropa standartlari asosida keramik plitka ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech