Yirik loyihalar bo‘yicha jami 137,9 mln dollar investitsiya o‘zlashtirildi

News image

2022 yil Investitsiya dasturi doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida umumiy qiymati 495,7 mln dollar bo‘lgan 21 ta loyihalarga 172,7 mln dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 80,6 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 5,0 mln dollar bank kreditlari va 87,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Xususan, joriy yil yakuni bilan qiymati 338,3 mln dollarllik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1002 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 9-oyligida 25 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 137,9 mln dollar (rejaga nisbatan 133,9%), shundan 59,0 mln dollar (118,4%) miqdorida tashabbuskorlar mablag‘lari va 78,9 mln dollar (186,9%) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida o‘tgan 9-oy davomida 850 ta loyiha bo‘yicha 12 trln 480 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 109,2 foiz o‘zlashtirilgan, shundan qiymati 6,4 trln so‘m bo‘lgan 284 ta loyihalar ishga tushirilgan va natijada 5,9 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Инфографика.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya davlatlariga davlat tashrifi doirasida 2017-2020 yillarda zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2,3 mlrd dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi.

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan unga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga 1,3 mlrd dollarlik 23 ta loyihalar nazorati yuklatilgan. Shulardan bugungi kunga kelib, 465,2 mln dollarlik 11 ta loyiha amalga oshirildi, 10 tasi – 2022 yilda va 10 tasi 2023-yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech